Tuyachilik

Tuyachilik — chorvachshshkning tuyalarni ko’paytirish va ulardan foydalanish bilan shug’ullanuvchi tarmog’i; tuyalar biologiyasi, selektsiyasi, zootexnikasi, xo’jalik ahamiyatini o’rganadigan fan. T. xo’jaliklari cho’l, chala cho’l va quruq dasht mintaqalarida joylashgan. Issiq iklimga moslashgan dromedary (bir o’rkachli) tuyalar O’zbekistonning Jan. mintaqalari, Turkmaniston, Tojikiston, Afg’oniston, Hindiston, Eron, Turkiya va Afrika mamlakatlarida, sovuqqa chidamli baktrian (ikki o’rkachli) tuyalar O’zbekistonning shim. qismida, Qozog’iston va Qirg’iziston, Rossiyaning Astraxon viloyati, qalmiq cho’llarida, Tuva, Oltoy o’lkasida, Mongoliya, Xitoyning g’arbiy mintaqalarida etishtiriladi va ulardan foydalaniladi. Evropa mamlakatlaridan Ispaniyada ham tuyalar bor. Ularni 8-a.da mavrlar Afrikadan olib o’tgan. 1886 y.da tuyalar Avstraliyaga ham keltirilgan, quruq dasht iqlimi, sho’rxok cho’llari tufayli tuyalar bu erda yashab ketgan. 20-a.ning 30-40-y.larida Toshkent yilqichilik, tuyachilik, xachirchilik va b. yukchi hayvonlar tajriba styasida tuya resurslarini o’rganish, T.da naslchilik ishlarini tashkil etish, ularni asrash, parvarish qilish, ulardan sifatli mahsulotlar olish kabi mavzular bo’yicha tadqiqot ishlari olib borildi (prof.lar V. A. Shchekin, I. I. Lakoza). Hoz. paytda T. sohasi bo’yicha ilmiyamaliy ishlar respublika chorvachilik va qorako’lchilik i.t. intlarida olib boriladi. Oliy va o’rta maxsus qishloq xo’jaligi. o’quv yurtlarida T. mustaqil fan sifatida o’qitiladi. Abdusattor Amirov.