Tyumen viloyati

Tyumen viloyati – RF tarkibidagi viloyat. 1944 y. 14 avg.da tashkil etilgan. Asosan, G’arbiy Sibir shim. da joylashgan, shim.da Kara dengiziga tutash. XantiMansilar Muxtor okrugi va Yamal neneslari Muxtor okruginp o’z ichiga oladi. Ularning tarkibiga Kara dengizining Beliy, Oleniy, Vilkiskiy, Shokalskiy va Neupokoev o.lari kiradi. Mayd. 1435,3 ming km2. Aholisi 3265,7 ming kishi (2002), asosan, ruslar (73,6%), shuningdek, ukrain, tatar va b. millat vakillari ham yashaydi. Shahar aholisi 77,4%. Markazi — Tyumen sh. Boshqa yirik shaharlari — Tobolsk, Ishim. Tarkibiga 38 tuman, 28 shahar va 40 shaharcha kiradi. T. v. G’arbiy Sibir tekisligida joylashgan, bal. 285 m (Sibir Uvallari). Viloyat g’arbida Ural tog’larining Sharqiy yon bag’irlari (eng baland joyi 1895 m, Narodnaya cho’qqisi) yondosh. T.v. hududida 1950-60 y.larda neft va gaz konlari ochildi. Uralning Sharqiy yonbag’irlarida qo’ng’ir kumir, temir rudasi, qurilish qumi konlari bor. Iqlimi kontinental. Shim.da qishi uzoq, sovuq (8-10 oy davom etadi). Yanv.ning o’rtacha trasi -29°, iyulniki 4-15°. Yillik yog’in 200— 600 mm. Viloyat shim.da kup yillik muzloq erlar bor. Vegetasiya davri Jan. qismida 150-162 kun, XantiMansilar Muxtor okrugida 115-125 kun. Viloyatning asosiy daryosi — ob (1500 km chamasida) va uning eng katta irmog’i Irtish (900 km chamasida). Viloyatning shim.sharqida Taz va pur, Nadim daryolari oqib utadi. Yamal ya.o. va T. v.ning Jan.da kul ko’p. Asosan, podzollashgan qumoq va qumloq, shuningdek, torfbotqoq, chekka shim.da (Yamal va giden ya.o.da) tundra tuproklari, viloyatning Jan. da qoratuproqsimono’tloq tuproqlar, dare vodiylari bo’ylab allyuvial tuproqlar tarqalgan. Shim.da tundra, Jan.roqda o’rmonli tundra o’simliklari o’sadi. Viloyatning kattagina qismi tayga zonasi bilan band. Jan. o’rmonli dasht zonasida, tundra zonasida shimol bug’usi, oq tulki, oq tovushqon, lemming, oq kaklik, burunduq, qo’ng’ir ayiq, rosomaxa, kolonok, sobol, bo’ri, tulki; qushlardan karqur, chil, kedr chumchug’i; o’rmonli dashtda qur yashaydi. Ondatra, norka, Barguzin soboli va Qunduz iqlimlashtirilgan. Ezda g’oz va urdaklar uchib keladi. Dare va ko’llarda baliq kup. Viloyat hududida Verxnetazovskiy, Malaya Sosva, Yuganskiy qo’riqxonalari joylashgan. Sanoatining asosiy tarmoklari: neftgaz sanoati (T.v.da Rossiya neftining 66%dan ziyodi va gazining 92% qazib olinadi). Neft konlari: Samotlor, Xolmogor, Fyodorov va b.; gazniki — Urengoy, Yamburg, Medveje va b.). Mashinasozlik va metallsozlik (Rossiyada ishlab chiqarilgan akkumulyator va qo’rg’oshinli avtomobil akkumulyator batareyalarining 31%dan ziyodini, yog’ochsozlik stanoklarining 9% hamda metall kesuvchi stanoklari; neft apparaturasi va jihozlari, burg’ilash, geologiyarazvedka jihozlari, tibbiy asbobuskunalar, jumladan, bir marta foydalanadigan shprislar va b.), o’rmon va yog’ochsozlik (fanera, yig’ma devorli uylar, mebel), kimyo va neft kimyosi (plastmassalar, kimyofarmasevtika mahsulotlari); qurilish materiallari ishlab chiqarish. rivojlangan. Suyakdan o’ymakor badiiy buyumlar tayerlanadi (Tobolsk sh). Eng yirik korxonalari: “Surgutneftegaz”, “Noyabrskneftegaz”, “Tyumenneftegaz”, “Yuganskneftegaz” (Nefteyugansk), “Urengoygazprom” (Noviy Urengoy sh.); “Yamburggazdobo’cha” davlat korxonasi. Motorsozlik ishlab chiqarish. birlashmasi, avtotraktor elektr asbobuskunalari zdi, “Tyumenmebel”, uysozlik kti (Tyumen sh.), “Krosno” (Tyumen sh), “Tobol nefteximkombinat” korxonalari; Surgut issiklik elektr styalari bor. Q.x.ning etakchi tarmog’ichorvachilik, asosan, sutgo’sht chorvachiligi va cho’chqachilik. Qo’y va echkilar ham boqiladi. Viloyat shim.da bug’uchilik, darrandachilik (OK, tulki, sobol, suvsar, ondatra), mo’ynachilik rivojlangan. Viloyatning Jan. qismida don (javdar, bug’doy, suli, arpa) va ozuqa ekinlari ekiladi, kartoshka va sabzavotlar etishtiriladi. T. y. uzunligi 2451 km. Avtomobil yo’llari uz. 11458 km, shu jumladan, qattiq qoplamalisi 9033 km. Ob, Irtish, Tobol, tura va b. daryolarda kema qatnaydi. Havo transporti muhim ahamiyatga ega. 7 oliy o’quv yurti, 7 muzey, 3 teatr bor. Viloyatda 30 dan ortiq sanatoriy, Bolshoy Taraskul balneobalchiq kurorti faoliyat ko’rsatadi.