UATT (WATT) JEYMS
UATT (WATT) JEYMS (1736.19.1, Grinok, Shotlandiya — 1819.19.8, Xitfild, Angliya) — ingliz ixtirochisi, universal bug’ mashinasi yaratuvchisi; London Qirollik jamiyati a’zosi (1875). Ikki yoqlama ishlaydigan bug’mashinasini ixtiro qilgan (1774-84); bunda markazdan qochma rostlagichni, tsilindr shtokidan balansirga parallelogramm yordamida harakat uzatishni qo’llagan va 1784 yilda patent olgan. U. yaratgan mashina mahsulotlarni mashina yordamida ishlab chiqarishga o’tishda katta rol o’ynagan.