UCHKO’PRIK TUMANI

UCHKO’PRIK TUMANI – Farg’oia viloyatidagi tuman. 1926 yil 29 sentabrda tashkil etilgan. 1962 yil 24 dekabrda Bag’dod tumani bilan qo’shib yuborildi. 1964 yil 31 dekabrda qayta tuzildi. Sharqsan Bag’dod, Buvayda, shimoli va g’arbdan Dang’ara, Qo’qon shahri, G’arb va Janubi g’arbdan O’zbekiston Janubi sharqdan Rishton tumanlari bilan chegaradosh. 0,28 ming km2. Aholisi 164 ming kishi (2004). Tumanda 9 qishloq fuqarolari yig’ini (Kenagas, Mehnatobod, Navro’z, Poloxon, Sariqo’rg’on, Uchqo’rg’on, Chorbog’, Yangiqishloq, G’ozig’ijdon) bor. Markazi — Uchko’prik qishlog’i. Tabiati. Relefi, asosan, tekislik. Janub qismi Turkiston tizmasining shimol etaklaridagi adirlar, Markaziy qismi qadimdan dehqonchilik qilib kelinayotgan tekisliklardan iborat. Shimol va shimoli Sharqiy qismi Markaziy Farg’onaga tutashgan. Adirlar tuman hududida bir necha km masofaga cho’zilib boradi. Ular So’x daryosi yoyilmasining qad. konglomeratlaridan iborat. Iqlimi kontinental. Qurama, Chatqol va Farg’ona tizma tog’lari shim.dan keladigan sovuq shamollarni to’sib turadi. Shu sababli bu yerda qish iliq. O’rtacha yillik temperatura 13,5°. Iyulda 27— 28°, eng yuqori temperatura 42°, yanvarda -2,2, eng past temperatura -23°. Vegetatsiya davri 235 — 240 kun. O’rtacha yillik yog’in 100—N5 mm. Ekin maydonlari Sux daryosidan suv oladigan — Kartan kanali va katta Farg’ona kanalidan sug’oriladi. Umumiy uzunligi 104 kilometr bo’lgan 7 katta ariq — Kartan, Xon, Sobirjon, kalamush, G’ijdon, Oqqo’rg’on, Qo’qon ariqlari mavjud. 624 kilometr uzunlikdagi 105 kollektor bor. Achchiqko’l va shimol Bag’dod kollektorlari yer osti sizot suvlarini Sirdaryoga quyadi. Sizot va bulok, suvlaridan to’yinadigan Yangiqadam arig’i qo’shimcha suv beradi. So’x gidrouzeli — muhim gidrotexnika inshooti ishlab turibdi. Bundan tashqari, tumandagi aholi punkt- lari va chorvachilik fermalari 130 ga yaqin artezian quduqlaridan suv oladi. Adir va adir etaklariga yondashgan erlarda sug’oriladigan bo’z, och bo’z, Markaziy qismida sug’oriladigan o’tloqi, o’tloqi botqoq tuproqlar, shim. va shimoli Sharqiy qismida sho’rxok va qumoq tuproqlar tarqalgan. Adir va adir etagi tekisliklarida efemer va efemeroid o’simliklar, yulg’un, oqbosh, taroqbosh, bug’doyiq, qamish, qo’g’a, sho’ra, ajriq, kakra, qumli maydo nlar va qum tepalarida Qandim, cherkez, qum qiyog’i, yantoq kabi o’simliklar o’sadi. Yovvoyi hayvonlardan tulki, bo’ri, quyon, qizilquyruq, qumsichqon, jayra, qo’shoyoq, kalamush, o’qilon, chipor ilon, kaltakesaklar; qarg’a, chumchuq, chug’urchiq, so’fito’rag’ay, qashqaldoq, bedana va b. bor. Aholisi, asosan, o’zbeklar, shuningdek, qirg’iz, qoraqalpoq, tatar, rus va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Aholining o’rtacha zichligi 1 km2ga 586 kishi. Xo’jaligi. Paxtachilik — tuman xo’jaligining yetakchi tarmog’i. Tumanda 380 ta shirkat, fermer xo’jaliklari faoliyat ko’rsatadi. Tuman sanoat korxonalari qishloq xo’jalik mahsulotlarini qayta ishlashga ixtisoslashgan. Paxta tozalash, asfaltbeton, meva va sabzavot konservalash, g’isht zavodlari, avtokorxona, MTP, 4 qo’shma, 350 kichik xususiy korxonalar, 4 yirik sanoat, shuningdek, qurilish korxonalari faoliyat ko’rsatadi. Qishloq xo’jaligida foydalaniladigan yerlarga paxta, beda, sholi, don, sabzavot va poliz, emxashak ekinlari ekiladi. Bog’dorchilik va tokchilik rivojlangan. Subtropik mevalar (masalan, anjir) ham etishtiriladi. Tuman jamoa va shaxsiy xo’jaliklarida qoramol, qo’y va echki, parranda boqiladi. Tuman hududidan Andijon— Moskva, Bishkek—Jalolobod poyezdlari o’tadi. 53 ta umumiy ta’lim maktabi, 2 kasb-hunar kolleji, bolalar va o’smirlar sport maktabi, musiqa maktablari, Markaziy kutubxona va uning tarmoqlari ishlab turibdi. Markaziy kasalxona, tug’ruqxona, 40 dan ortiq qishloq vrachlik punkt, 2 tez tibbiy yordam ko’rsatish stansiyasi mavjud.