Udaychi

Udaychi-asli “hidoyatchi” bo’lib, Xiva va Qo’qon xonliklari hamda Buxoro amirligida saroy tantanali marosimlarni tashkil etuvchi va uni o’tkazishga javobgar shaxsning lavozimi bo’lib, u Buxoro amirligida amir huzurida biy yoki dodho darajasidagi mansabdor hisoblangan. Udaychi doimo amir huzurida bo’lib, davlat ishlari haqida amirga doimiy axborot berib turan. Shuningdek, uning xizmatiga boshqa davlatlardan kelgan elchilar va davlat vakillarini davlat rahbarlarining oldiga, ya’ni qabulxonalariga birga hamrohlik qilib olib kirish yuklatilgan. Boshqa amaldorlardan farq qilish uchun hassa (aso) tutgan.