Ufar, ufor

Ufar, ufor — qadimgi doira (shuningdek, nog’ora) usullaridan biri. O’tmish musiqa risolalarida Ufarning bir qancha turlari keltirilgan. Ularning hozirda keng tarqalgan shakli — Bumbak; 2) xalq va mumtoz musiqada shu usul jo’rligida ijro etiladigan cholg’u va ashula yo’llari Ufarlar 3/4 va 6/8 takt o’lchovidagi 2 xil usulda ijro etiladi (bumbakabakbumbak yoki bumbakobumbak); Shashmaqom ashula bo’limining 1 va 2guruh sho”balari turkumi Ufarlar bilan tamomlanadi. Ular 1 guruh sho”balarida Ufari Uzzol (Buzruk makrmida), Ufari Ushshoq (rostda), Ufari baet (navoda), Ufari Chorgoh, Ufari Segoq (Segohda), Ufari Iroq (Iroqda) deb nomlanadi. 2-guruh sho’balarida esa Savt, Mo’g’ulcha yo’llaridagi sho’balar nomi bilan qo’shib ataladi. Masalan, Ufari Mo’g’ulchai Buzruk, Ufari Savti Ushshoq kabi. Sho’balardagi Ufarlar u yoki bu sho’ba asosiy qismining Ufar usuliga tushirilgan ritmik variantidir. Ufarlarning surnay yo’llari ham yaratilgan. Ayniqsa, turkumli surnay yo’llarida kuylarning oxirgi qismi Ufar usulida ijro etiladi. Ufarlar jozibali, yengil kuy va ashulalar bo’lib, yoqimli va ravon yangraydi. Ko’pincha ular jo’rligida turli raqslar ijro etiladi. Ufarlar o’zbek, tojik va ko’pgina boshqa Sharq xalqlari musiqasida keng tarqalgan.