Ulug’ yurt
Ulug’ yurt — Chingizxon vafotidan so’ng Mo’g’umar davlati tarkibida tashkil topgan uluslardan biri. Unga Mo’g’uliston, Shimoliy Xitoy, Tangut va Koreya karagan. Kron (ulug’xon) uni boshqargan va yasa (mo’g’ul qonunlar majmuasi)ga binoan uluslar (Jo’ji ulusi, Chig’atoy ulusi va Elxoniylar yoki Hulokuiylar)ning barchasi unga bo’ysungan. Lekin Munke Kron vafotidan so’ng uluslar amalda Ulug’ yurtga bo’ysunmay qo’yganlar va o’zlarini mustaqil idora qila boshlaganlar. O’qtoyxon davri (1227-41) da shimoliy Xitoy va Koreya (1234), Xubilay hukmronligi yillari (1260-94) Xitoyning Janubiy qismi ham Ulug’ yurtga bo’ysundirilgan. Shu vaqtdan boshlab poytaxt Qoraqurumdan Xonbaliqka (hozirgi Pekin) ko’chirilgan. Lekin Xitoylarning Min sulolasi hokimiyatni qo’lga olgach, mo’g’ullar Xitoydan butunlay quvib chiqarilgan (1368). Qoonlar hukmronligi (Tulixon avlodi) faqatgina Mo’g’ulistonning o’zida saqlanib qolgan va 17-asrgacha davom etgan.