ULUS

ULUS (mo’g’ulcha – davlat, xalq, odamlar) — 1) Mo’g’ullar davlati shakllanish davri (XIII asr boshi)da muayyan bir no’yota tobe bo’lib, unga qarashli yerlarda ko’chmanchilik bilan hayot kechiruvchi katta-kichik oilalar guruhi; 2) Chingizxon tuzgan ilk mo’g’ul davlati; 3) mo’g’ullar istilosi davrida bosib olingan hududlardan Chingizxon farzandlariga bo’lib berilgan mulk (udel) lar (masalan, Jo’ji ulusi, Chig’atoy ulusi va boshqalar). XIII asrning ikkinchi yarmida bu Uluslar mustaqil davlatlarga aylanib, nomigagina saltanat hukmdori – ulug’ qoonga bo’ysunganlar. XV-XVII asr oxirlarida Ulus – Mo’g’ulistondagi yirik yer mulki va musulmon adabiyotida Chingiziylar davlatlarining atalishi. Mo’g’uliston manjurlar tomonidan bosib olingach, mamlakat aymoklar va xoshunlarga ajratilgan. «Ulus» atamasi mulk ma‘nosida qo’llanilmaydigan bo’lgan va astasekin ―xalq ma‘nosini anglata boshlagan. Hozirgi vaqtda ―Ulus atamasi ―davlat atamasining sinonimi sifatida ishlatiladi; 4) buryatlar va qalmiqlar Rossiya tarkibiga kiritilgandan so’ng ―Ulus atamasi Oktabr to’ntarishigacha feodal mulk, so’ngra ma‘muriy birlik ma‘nosini saqlab qolgan.