“Uotergeyt ishi”
“Uotergeyt ishi” AQShda “Prezidentni qayta saylash bo’yicha Respublikachilar partiyasi komiteti”ning 1972 yilgi saylov kampaniyasi davridagi g’ayriqonuniy harakatlari bilan bog’liq voqealar [demokratlar partiyasining Vashingtonning “Uotergeyt” (Watergate) mehmonxonasidagi qarorgohida eshitib turuvchi qurilmani o’rnatishga urinishi] ni tekshiruvi. Oq uy mansabdor shaxslari tomonidan qonunchilikning ko’plab buzilishi hollari (saylovchilarni sotib olish, qo’rqitish, yolg’on guvohlik berish va boshqalar) ochilgan. Prezident R. Nikson “Uotergeyt ishi”ga aloqadorlikda ayblanishdan va o’zini javobgarlikka tortilishidan qo’rqib impichment tartibida 1974 yil avgustda iste’foga chiqqan.