Usmonov Islom

Usmonov Islom [1922, Toshkent viloyati, Kalinin tumani (hozirgi Toshkent shahri Chilonzor tumani hududi) — 1944.13.1, Zaporoje] — 2-jahon urushi qatnashchisi, kichik serjant. 1942 yildan frontda. 1118-o’qchi polki (3-Ukraina fronti 6-armiyaning 333 o’qchi diviziyasi) bo’linma komandiri. 1943 yil 26 noyabrga o’tar kechasi birinchilardan bo’lib, Dneprning o’ng qirg’og’iga o’tgan. Zaporoje viloyatidagi Kanavskoe qishlog’i uchun bo’lgan janglarda jasorat ko’rsatgan. 1944 yil 2 Fevralda (vafotidan so’ng) qahramon unvoni berilgan. Toshkentdagi u yashagan mahallada byusti o’rnatilgan hamda ko’chalardan biriga nomi qo’yilgan.