Uspenskiy Fyodor Mixaylovich
Uspenskiy Fyodor Mixaylovich (1902.8.2, Kostroma gubernyasi, Berisyachka qishlog’i — 1984.15.5, Toshkent) — entomolog olim, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1972), qishloq xo’jalik fanlari doktori. Leningrad amaliy zoologiya va fitopatologiya institutini tugatgan (1929). Samarqand o’lka va Xorazm okrug, Namangan viloyati o’simliklarni himoya qilish stansiyalari va tayanch punktlarida yo’riqchi (1929— 38), Soyuzning o’simliklarni himoya qilish stansiyasida katta ilmiy xodim (J938—44), laboratoriya mudiri (1945-58), O’rta Osiyo o’simliklarni himoya qilish institutida laboratoriya mudiri (1958-62), direktor o’rinbosari (1962-69), katta ilmiy xodim maslahatchi (1970-84). Ilmiy ishlari oddiy Turkiston o’rgimchak kanasi biologiyasini o’rganishga bag’ishlangan. Uspenskiy ishtirokida bu hasharotga qarshi kurash tadbirlari tizimi yaratilgan; ekinlar zararkunandalariga qarshi kurash va kimyoviy ishlov berish muddatlarini aniqlash usullari ishlab chiqilgan. As: obiknovenniy pautinniy kletsh oroshaemix rayonov Sredney Azii, T., 1960; Pautinniy kletsh biosenoza xlopkovix poley i sistema Priyomov integrirovannoy borbi s glavneyshimi vreditelyami xlopchatnika v Uzbekistane, T., 1970.