Usta Ali maqbarasi

Usta Ali maqbarasi (1-Nomsiz maqbara) — Samarqanddagi me’moriy yodgorlik (14-asr 80-yillari); Shohizinda tarkibida. Maqbarada qarshilik usta Ali Nasafiy nomi saqlanganligi uchun uning nomi bilan ataladi. Makbara to’rtburchak tarhli (8,1 x 9,8 metr), bir xonali, peshtoqgumbazli, gumbazi 16 qirrali baland asosga o’rnatilgan. Maqbaraga peshtoqidagi chuqur ravoqli eshik orqali kiriladi. Makbara ostida to’rtburchakli sag’ana joylashgan. Peshtoq ravoqlari, ichki devorlaridagi rang-barang koshinkori o’simliksimon, girih naqshlar Arab yozuvidagi kitobalar bilan uyg’unlikda hamda mutanosiblikda mahorat bilan bajarilgan. Maqbaraning yon tarzlari silliqlangan g’ishtlar bilan qoplangan bo’lib, oralariga shakldor “pechak”lar ishlangan. Serjilo bezaklarga boyligi uchun “guldor” maqbara deb ham ataladi.