Uzlar
Uzlar — qadimgi turkiy qavm. 7-8- asrlarda Yettisuv va Sirdaryoning o’rta oqimlarida yashab, Turk xoqonligi va Qarluqlar davlati tarkibida bo’lishgan. Ularning bir qismi g’arbga siljib, 8-asrning oxirida Orol dengizining Janubiy Sharqiy hududlariga borib o’rnashgan va o’g’uzlar tasarrufida bo’lib kelgan. O’g’uzlarga tobe bo’lishni xohlamaganlari Orol dengizining shim.Sharqiy mintaqalariga (ili va Emba daryolari oralig’i) borib o’rnashgan. 8-asrning 60-yillarida o’g’uzlar Uzlarga hujum qilib, Sirdaryo va Orol dengizi voxalarini egallab, Uzlarning bir qismini bo’ysundirgan. 9-asrning oxiri — 10-asrning boshlarida Uzlar siyosiy hayotga faol aralashib ketgan. Uzlar haqidagi ma’lumotlar 10-asrning Arab Geofafi Mas’udiy, 11-asr arman tarixchisi Matvey Edisskiyning asarlarida tilga olingan. Uzlar Kaspiy dengizining shimolda yashovchi xazarlar bilan ittifoq bo’lib, Volga va Ural daryolari oralig’ida joylashgan bijanaklar va qang’lilarga hujum qilishgan va bu yerlarni bosib olishgan. Uzlar 11-asrning 30-yillarida Dnepr va Dunay daryolari oralig’iga borib joylashgan. Bu hududni 1060 yil Rus knyazlari birlashib egallaganlar, natijada Uzlarning asosiy qismi g’arbga — “Muqaddas Rim imperiyasi” yerlariga ko’chgan (yunon tarixchilarining ma’lumotlariga ko’ra, Uzlar soni 600 ming kishiga yetgan), kichik bir qismi esa, kichik Osiyoga, Usmonli turklarga qo’shilib singib ketgan. Keyinchalik Uzlarning bir qismi yana ham g’arbga siljib, Janubiy Rus cho’llari orqali G’arbiy Yevropa (Yunoniston va Vengriya) ga o’tib ketganlar. Uzlarning keyingi avlodlari — gagauzlar hozir ham Moldaviya, Ruminiya va Vengriyada yashaydi. Uzlarning Janubiy Rus cho’llari va Dashti Qipchoqda qolgan guruhlari qipchoqlar tarkibiga kirgan. 15-18-asrlar davomida Dashti Qipchoqdagi Uzlar O’zbekiston hududiga kelishgan. Ular o’troqlashish jarayonvda o’z urug’qabila nomlarini unutib, o’zbek xalqi tarkibiga singib ketganlar. Kichik bir guruhi esa 20-aыкning boshlarigacha o’zlarining etnik nomlarini sakdab qolganlar. Uzlar, asosan, chorvachilik bilan shug’ullangan, keyinchalik dehqonchilik ham ularning mashg’ulotiga aylangan. Uzlarning avlodlari, asosan, Zarafshon vohasining o’rta oqimlarida — Payariq tumani (qora uz)da, Navoiy tumani, Nurobod tumanining “ulus” xo’jaligida yashaydi. Uzlarning katta qismi qarshi cho’lidagi Ko’kdala, Harduri, Taloqtepa, Olato’n, O’tamali, Sufi, Xushaxali, Moylijar, Sho’rbozor va boshq qishloqlarda yashaydi. Ad.: Shoniyozov K., O’zbek xalqining shakllanish jarayoni, T., 2001.