Uzoqov Mullajon Karimovich

Uzoqov Mullajon Karimovich (1907, Qo’qon — 1960.30.12, Toshkent) — harbiy arbob, gvardiyachi general-mayor (1957). 1929 yildan armiya safida. Toshkent harbiy-siyosiy bilim yurtini tugatgan (1933). Moskva harbiy-siyosiy akademiya tinglovchisi (1934— 38). Uzoqov Shimoliy Kavkaz harbiy okrugi 10-otliq diviziyasining siyosiy bo’limida katta yo’riqchi (1938— 39), Kalinin shahridagi harbiy-siyosiy bilim yurti boshlig’ining o’rinbosari (1939— 40), O’rta Osiyo harbiy okrugi 566-gaubitsali artilleriya polkining (1940-41), 38-alohida kursantlar brigadasi 103 va 99-otliq diviziyalarining harbiy komissari (1941 — 42). 2-jahon urushida Janubiy G’arbiy, Stalingrad, Dasht, Markaziy va 1-Belorussiya frontlari safida diviziya komandirining siyosiy ishlar bo’yicha o’rinbosari va siyosiy bo’lim boshlig’i. Urushdan so’ng 23-otliq diviziya siyosiy bo’limining boshlig’i (194546), O’zSSR harbiy komissari (1946 — 59). Toshkent shahridagi ko’chalardan biri Uzoqov nomi bilan atalgan.