Vafo

Vafo (taxallusi; asl ismi Habib Axmad) (1900.13.7-1936.21.7) – hind yozuvchisi. Zamonaviy hind adabiyoti asoschilaridan. Urdu tilida ijod qilgan. Vafo isyonkor ruxdagi dastlabki she’r va qo’shiqlarida ingliz mustamlakachilarini fosh etgani uchun ta’qib qilingach, Afg’onistonga ketgan (1921). “Kishandagi Hindiston” (1929), “boy berilgan ish tashlash” (1930), “sayoq qo’shiqchi” (1932), “Girni Kamgar” (1931), “Yulduzlar” (1935) asarlarida milliy ozodlik harakati aks ettirilgan.