Vagner (Wagner) Adolf

Vagner (Wagner) Adolf (1835. 25.3, Erlangen — 1917. 8.11, Berlin) — nemis iqtisodchisi, 23 yoshidan Freyburg, Gamburg, Vena, Berlin universitetlarida moliya va siyosiy iqtisod kafedra professor. Siyosiy iqtisoddagi ijtimoiy-huquqiy maktab asoschilaridan biri. Vagner tovar qiymati bilan iste’mol qiymati o’rtasidagi ziddiyatni rad etadi va “umumiy qiymat tushunchasi”ni taklif qiladi. U iqtisodiy inqirozlarni kapitalizm tabiatidagi ziddiyatlar bilan emas, balki texnikadagi o’zgarishlar, ob-havo ta’sirida hosildorlik-ning pasayishi, moda va did o’zgarishlarni, shuningdek siyosiy beqarorlik va boshqa orqali izohlaydi. Vagner tarixiy maktab g’oyalari ta’sirida xo’jalik hayotida huquqiy munosabatlar (masalan, xususiy mulk) belgilovchi o’rinda turadi deb hisoblagan va davlatning xo’jalik hayotiga faol aralashuvi tarafdori bo’lgan. Ishchilar ahvolini yaxshilash bo’yicha Qonunchilik tadbirlarini ishlab chiqish maqsadida tuzilgan “ijtimoiy siyosiy ittifoq” ning asoschilaridan biri (bu tadbirlarni u davlat sotsializmi deb atagan).