Vakansiyalar

Vakansiyalar (lotincha vacans – Bush) (Shotki nuqsonlari, “kovaklar”) — kristall panjarasining atom yoki ion bulmagan bo’sh tugunlari; P shakli bilan ifodalanadi. Vakansiyalarni vakant elektronlar sathlari (musbat “kovaklar”) bilan chalkashtirmaslik kerak. Har qanday kristall panjarada Vakansiyalar bo’ladi. Ion panjaralarda kation D+ va anion D~ Vakansiyalar mavjud. Kristallarda har doim atomlarning issiqlik harakati tufayli yuzaga keluvchi Vakansiyalar bo’ladi. Vakansiyalar atomlarning batamom bug’lanib ketmasligi oqibatida kristall sirtida “kovaklar” hosil bo’lishidir. Vakansiyalarning hosil bo’lish ishi (panjaraning deformasiya energiyasini hisobga olmaganda) atomlarning bug’lanish ishiga teng. Shuning uchun kristall hajmidagi Vakansiyalarning kontsentrasiya muvozanati taxminan o’sha temperaturadagi to’yingan bug’ kontsentratsiyasiga teng bo’ladi. Vakansiyalar qo’shni atomlar bilan joy almashtirib, kristallda tartibsiz siljiydi. Vakansiyalarning tartibsiz harakat yo’li 6 ga teng kesmalardan iborat siniq chiziq hosil qiladi (5 — qo’shni atomlar orasidagi masofa). Vakansiyalarning bitta tugunda mavjudlik o’rtacha vaqti t, harakatning o’rtacha tezligi uyp=”f”- Vakansiyalarning siljishi tufayli kristallda atomlar siljishi (o’z-o’zidan diffuziyalanish) hamda o’zaro diffuziyalanish (geterodiffuziya) hodisasi sodir bo’ladi. Atomlar kristallda gazdagiga nisbatan taxm. e-“/kt marta sekin harakat qiladi (bunda i — bitta Vakansiyalar hosil bo’lishi energiyasi, k — Bolsman doimiysi, T— mutlaq t-ra). Vakansiyalar kristallning fizik xossalariga ta’sir qiladi: zichligini kamaytiradi, ion o’tkazuvchanlikni hosil qiladi, anion Vakansiyalar elektronlarni oson tutadi, kation Vakansiyalar esa musbat “kovaklar”ni oson biriktirib oladi. Vakansiyalar metallarga termik ishlov berishda, ularning “dam olishi”da, kristallanish va boshqa jarayonlarda muhim o’rin egallaydi.