Vakuum moyi

Vakuum moyi – xona temperaturasida bug’ining bosimi past bo’ladigan suyuqlik; tabiiy va sintetik suyuqliklarni vakuumda distillab olinadigan vakuum materiallari jumlasiga kiradi. Asosan bug’-moy nasoslarida ish suyuqligi sifatida, mexanik nasoslarda zichlovchi suyuqlik sifatida, vakuum qurilmalarning ishqalanuvchi qismlarida moylovchi material sifatida, shuningdek suyuqlikli vakuummetrlarni to’ldirishda ishlatiladi. Vakuum texnikasida mineral va kremniy organik Vakuum moyi keng qo’llaniladi.