Vakuum texnikasi
Vakuum texnikasi – vakuum hosil qilish, uni saqlash va o’lchashda ishlatiladigan usullar va qurilmalar majmui. Fizika va kimyoning gazlarga, ularda o’tadigan hodisalarga hamda gazsimon fazalar va boshqalarning o’zaro ta’sirlashuvi qonunlariga asoslanadi. Vakuum texnikasida qo’llaniladigan qurilmalar — vakuum nasoslari, vakuummetrlar va boshqa asboblar hajmi bir necha yuz m3 li sanoat qurilmalarida (masalan, yadro zarralari tezlatkichlarida) 10~4-10″6 Pa (10~6 — 10~8mm sim. ust.)vakuum hosil qilishga va uni o’lchashga imkon beradi. Yuqori vakuum ketma-ket ulangan diffuzion, buster va forvakuum yoki diffuzion forvakuum nasoslar tizimi yordamida hosil qilinadi. Mexanik forvakuum nasoslar bilan atmosfera bosimidan to 101 Pa (10° mm sim. ust.) gacha; bug’oqimli (yoki mexanik) buster nasoslar bilan 101—ki Pa (MU3—yu-4 mm sim. ust.) gacha; diffuzion nasoslar bilan 103 Pa gacha vacuum hosil qilinadi. Sanoat Vakuum texnikasida gaz ajralib turuvchi sharoitda ishlovchi texnologik qurilmalarning kamerasidagi havo vakuum agregatlari bilan so’rib olinadi. To’liq vakuum agregatlari tarkibida nasoslar, vakuummetrlar, ventillar hamda vakuumni o’lchovchi moslamalar bo’ladi. Vakuum texnikasining muhim vazifalaridan biri vakuum tizimining germetikligini (zichligini) ta’minlashdir. Turli vacuum moylari, zamazkalari, zichlagichlari shu maqsadda ishlatiladi. Vakuum texnikasi eksperimental fizika bilan chambarchas bog’liq. Termoyadro reaktsiyalari o’tadigan qurilmalar kamerasida vakuum — 10″” Pa (1013 mm sim. ust.) ga yetadi. Shunchalik yuqori vakuum hosil qilish uchun sekundiga o’n ming litrcha havo so’radigan nasoslar ishlab chiqilgan. Katta vakuum kameralarida kosmik bo’shliq sharoitlarini yaratish mumkin.