Vakuum-yoyli pech

Vakuum-yoyli pech – metallarni vakuumda elektr yoy energiyasi hisobida eritadigan elektr qurilma. Gaz-razryadli tizim bo’lib, bunda yoy qayta eritiladigan metall bug’larida mavjud bo’ladi. Vakuum-yoyli pechning quymalarni mis kristallizatorlarda eritadigan, garnisajsa eritish yo’li bilan metallardan shakldor quymalar oladigan; elektrodi sarflanadigan va elektrodi sarflanmaydigan xillari bor. Pechga o’zgarmas tok yuborilganda elektr yoy hosil bo’lib, metallni vakuumda suyuqlantiradi. Har xil metallni eritishda turlicha bosimli vakuum qo’llaniladi. Masalan, po’lat eritish- da 0,1—1 Pa, titan eritishda 1-10 Pa, molibden eritishda 0,01—0,1 Pa vakuum hosil qilinadi. Vakuum-yoyli pechda po’lat eritishda undagi qo’shilmalar 2-3 martaga kamayadi, yirik qo’shilmalar butunlay yo’qoladi, azot kontsentrasiyasi 30-35% ga, kislorodniki —2—3 martaga, oltin- gugurt 20% ga kamayadi.