VALYUTA

VALYUTA – (ital. “valyuta”, lot. ‘valere’ – qadrlanmoq, qiymat). 1. Muayyan mamlakatda qabul qilingan pul tizimi va shu mamlakatning pul birligi (dollar, so’m, rubl, manat, marka, iyen va boshqalar); 2. Chet el kredit biletlari, moneta va boshqalar; 3. Veksel muomalasida – vekselda ko’rsatilgan to’lov miqdori. Valyutaning ikki turi mavjud bo’lib, birinchisi har bir mamlakatning valyutasi bo’lmish milliy valyutadir; ikkinchisi erkin almashtiriladigan valyutadir. Milliy valyuta qaysi mamlakatniki bolsa, o’sha mamlakatda tovar bilan qoplangandagina haqiqiy kuchga va qadrga ega bo’ladi. Milliy valyuta faqatgina oltin zaxirasi bilangina emas, balki barqaror, erkin almashtiriladigan valyuta bilan ham yetarlicha mustahkamlangan bo’lishi kerak. Buning uchun esa mamlakat o’z mahsulotini eksport qila olishi kerak. Erkin almashtiriladigan valyuta Xalqaro valyuta fond tomonidan belgilanadi. AQSH dollar, Germaniya markasi, Fransiya franki, Angliya funt sterlingi va Yaponiya iyeni shunday valyutalardan hisoblanadi.