Vaqt tenglamasi

Vaqt tenglamasi – haqiqiy Quyosh vaqti (T”) bilan o’rtacha Quyosh vaqti (Tu) orasidagi farqni ifodalovchi tenglama: ti=Tn—Tv. Quyoshni kuzatib to aniqlanadi va T”=T||T1 topiladi. Vaqt tenglamasi qiymati har bir kun uchun astronomik taqvim va yilnomalarda (ba’zan, teskari ishora bilan) beriladi. Quyoshning soat burchagi bilan o’lchanadigan haqiqiy Quyosh vaqti yerning o’z orbitasi bo’ylab notekis harakatga hamda ekliptikaning ekvatorga og’maligi natijasida tekis o’tmaydi. Shuning uchun Vaqt tenglamasi ikkita sinusoida yig’indisidan iborat bo’ladi. Bu sinusoidalardan birining davri bir yil, ikkinchisiniki yarim yildir. Vaqt tenglamasi 15 aprel, 14 iyun, 1 sentabr, 24 dekabrda nolga tenglashadi, yiliga 4 marta: 11 Fevralda 14,3 minut, 15 mayda 3,8 minut, 27 iyulda 6,4 minut va 2 oktabrda 16,4 minut eng katta mutlaq qiymatga erishadi.