Varvarizmlar
Varvarizmlar (Yunoncha barbaros — aynan ajnabiy) — ma’lum bir tilga chet tillardan kirib kelgan, tilda to’la o’zlashmay, yotligi bilinib turadigan so’z va iboralar. Varvarizmlar asosan so’zlashuv uslubiga xos, tilning adabiy me’yorini buzadi va uning asosiy lug’at tarkibiga kirmaydi. Varvarizmlardan ba’zan badiiy adabiyotda mahalliy muhitni berish, obrazlarni xoslashtirishda foydalaniladi. Masalan, V. IEMni (“Xanka”, “tanka”), pulni (“ko’kidan” bormi — dollar bormi), lavozim va shaxsni (“mer”, “shef”, “bos”, “baron”) va hokazolarni anglatadi, shuningdek mazax qilishda foydalaniladi. O’zbek tili davlat tili maqomini olgach, turli tillardan, ayniqsa rus tilidan kirgan Varvarizmlardan (“Madam”, “bratan”, “zemlyak”, “paxan”, “dedulya” va boshqalar) o’zbek so’zlashuv tili faol tozalana boshladi.