Vashington konferentsiyasi

Vashington konferentsiyasi (1921.12.11-1922.6.2) – AQSh, Buyuk Britaniya, Xitoy, Yaponiya, Frantsiya, Italiya, Niderlandiya, Belgiya va Portugaliya ishtirokidagi konferentsiya; 1-jahon urushidan keyin tinch okeani havzasida vujudga kelgan davlatlar kuchlari nisbatini qayd etdi. Bu nisbat AQSh uchun qulay bo’lgan edi. Vashington konferentsiyasining eng muhim qarorlari: to’rt davlat shartnomasi, besh davlat shartnomasi, to’qqiz davlat shartnomasi. Sovet Rossiyasi konferentsiyaga taklif etilmadi. Vashingtonga kelgan Uzoq Sharq Respublikasi delegatsiyasi konferentsiyaga kiritilmadi.