Vasq
Vasq — qadimgi hajm va miqdor o’lchov birligi (17-asr); Sharqda don-dun yoki shunga o’xshash sochiluvchan narsalarni o’lchashda qo’llanilgan. Vasq deganda “bir tuya yuk” yoki “bir ish hayvoniga ortilgan yuk” tushunilgan; o’rtacha 252,342 litr hajmga teng bo’lgan; masalan, 1 kilogramm bug’doyning hajmi 1,2987 litr bo’lsa, 252,342 litr hajm 194,3 kilogramm bug’doyga teng bo’ladi.