Vassof, Abdulloh ibn Fazlulloh Sheroziy
Vassof, Abdulloh ibn Fazlulloh Sheroziy (13-asr 2-yarmi — 14-asr 1-choragi) — tarixchi, Vassof al-Hazrat — “Oliy hazratlarining vasf qiluvchisi” laqabi bilan shuhrat qozongan. Erondagi Hulokuiylar davlatining moliya devonida xizmat qilgan. 1328 yil “Tajziat al- amsor va tazjiyat al-a’sor” (“viloyatlarning bo’linishi va asrlarning o’tishi”) nomli tarixiy asarini yozib tugatgan. U “tarixi Vassof” (“Vassof tarixi”) nomi bilan mashhur bo’lib, 5 qismdan iborat. 1257 yildan 1328 yilgacha bo’lgan davrni qamrab olgan. Asar Eron tarixi uchun qimmatli manba hisoblanadi.