Vattlar

Vattlar (nemischa — Watten, gollandcha — wadden — sohil sayozliklari) — Boltiq, Oxota, Irlandiya dengizlari, Shimoliy dengiz va Oqdengizda, AQSh ning Atlantika okeani sohilida dengiz sathi ko’tarilganda suv bosadigan va dengiz suvi pasayganda ochilib qoladigan joylar. Dengiz suvi ko’tarilganda oqindi cho’kaverib, Vattlar asta-sekin ko’tarila boradi. Vattlar yer yuzasi o’rnini tez-tez o’zgartirib turuvchi novlar va daryo o’zanlari bilan o’yilgan. Ba’zan Vattlar to’g’on bilan to’siladi, shundan so’ng botqoqlik qurib, unumdor yerlar (polder)ga aylanadi.