Vaxsh tizmasi

Vaxsh tizmasi — Tojikistonning g’arbiy qismidagi tog’ tizmasi. Vaxsh daryosi o’rta oqimining chap sohili bo’ylab Janubiy-g’arbdan shimoli-sharqqa cho’zilgan. Uzunligi 80 kilometr chamasida. Vaxsh tizmasi Vaxsh bilan Qizilsuv orasida suvayirg’ich. O’rtacha balandligi 1500— 2000 metr, eng baland Hazratishoh cho’qqisi 3141 metr. Vaxsh tizmasining Janubiy davomi Ilontov (1760 metr) deb ataladi, u Qizilsuv bilan Tohirsuv havzalari orasida suvayirg’ich. Vaxsh tizmasi qumtosh, ohaktosh, konglomerat, gil kabi cho’kindi jinslardan tarkib topgan. Tog’ yon bag’irlarida chala cho’l, dasht o’simliklari o’sadi, ahyon-ahyonda daraxt va butalar uchraydi.