Vayyan-Kutyure Pol
Vayyan-Kutyure Pol (1892.8.1 -Parij — 1937.10.10) — frantsuz yozuvchisi. 1-jahon urushida qatnashgan. “Ko’rlar bazmi” (1927) hikoyalar to’plami va “iyul ota” (1927) fojiaviy komediyasida jamiyatdagi hukmdan tabaqa hayotining salbiy tomonlari tanqid qilingan. Vayyan-Kutyure 1931 yilda O’zbekiston va Tojikistonda bo’lgan. “Temur yurtida” umumiy nom ostida ocherklar to’plamini nashr ettirgan (1932). Bunda O’zbekistan va Tojikiston xalklari, ularning urf-odatlari, marosimlari, o’zbek adabiyoti haqida ma’lumotlar beriladi. “Toshkentda shoirlar kechasi” nomli ocherkida o’zbek ijodkorlari G’. G’ulom, H. Olimjon va boshqalar bilan muloqotda bo’lganligi haqida yozadi.