Vazelin
Vazelin (Fransuzcha vaseline, nemischa wasser— suv va Yunoncha elaion — zaytun moyi) — mineral moy bilan qattiq uglevodorodlar (parafin, Tserezin, petrolatum) aralashmasi; hidsiz, muloyim, oq yoki sariq modda, ta’mi yo’q. 37-50° da suyuqlanadi; suvda erimaydi. Qo’llash maqsadiga muvofiq turli tarkibda tayyorlanadi. Vazelin kosmetika va tibbiyotda surtma (maz) tayyorlashda qo’llaniladi, yallig’lanishga qarshi ta’sir etadi va terini har xil zararli ta’sirlardan saqlaydi; texnik maqsadlarda (qog’oz, mato va sh. k. ga singdirish uchun), shuningdek elektrotexnika va laboratoriya amaliyotida, texnikada antifraktsion va himoya qiluvchi surkov moyi sifatida ishlatiladi.