Vazov Ivan Minchov
Vazov Ivan Minchov (1850.9.7, Sopot – 1921.22.9, Sofiya) — bolgar yozuvchisi, jamoat arbobi. Vazovning asosiy nazmiy asarlaridan biri “rad etilganlar epopeyasi” (1881-84) vatanparvarlik ruhi bilan yo’g’rilgan tarixiy mavzudagi liro-epik poemalar turkumidan iborat. “Zulm ostida” (1889-90) romani milliy ozodlik kurashi to’g’risida. Ko’pgina Yevropa tillariga tarjima qilingan bu roman jahon adabiyotining sara asarlaridandir. 90-yillar boshida Vazov ijodidagi tarixiy-qahramonlik mavzusi ijtimoiy fosh etuvchi mavzu bilan almashadi (“Yangi yer”,1896; “Kazalar malikasi” romanlari, 1903). U o’rta asrdagi Bolgariya hayotidan tarixiy dramalar, shuningdek “Shuhratga nomzodlar” (1901), “yog’liq joy axtaruvchilar” (1903) komediyalarini yozdi.