Ventilli o’zgartirgich
Ventilli o’zgartirgich -elektr tokini bir turdan ikkinchi turga o’zgartiruvchi qurilma. Asosiy ish organi — ventil. O’zgaruvchan tokni o’zgarmas tokka aylantiruvchi; o’zgarmas tokni o’zgaruvchan qiluvchi (invertor); bir xil chastotali o’zgaruvchan tokni boshqa chastotali tokka o’zgartiruvchi; bir xil kuchlanishli o’zgarmas tokni boshqa kuchlanishli o’zgarmas tokka o’zgartiruvchi xillari bor. Boshqariluvchi to’g’rilagichlarda o’zgaruvchan ventillardan foydalaniladi. O’zgaruvchan ventil o’zgarmas tok kuchlanishini noldan boshlab eng katta qiymatlargacha o’zgartirish imkonini beradi. Foydalanilgan ventilning xiliga qarab elektron, ion va yarim-o’tkazgichli bo’ladi. Ventilli o’zgartirgich quyidagi funktsional qismlardan tashkil topgan: kommutasiya asboblari (o’chirgichlar yoki kontaktorlar, himoya qurilmasi va boshqalar); kirish va chiqish elektr signallarini kuzatuvchi o’lchov qurilmalari; transformatorlar; tok o’zgarish tezligini chegaralovchi, shovqinlarni pasaytiruvchi, tekislovchi va energiya to’planishining oldini oluvchi filtrlar; tiristorli himoya qurilmalari; o’zgartirgichni ishga tushiruvchi, himoya lovchi va o’chiruvchi tizimlar; qo’shimcha elementli ventil bloklari; ventillarni boshqaruvchi tizim; sovitish tizimi; axborotga ishlov berish va kuzatish qurilmasi; boshqaruv tizimining va qo’shimcha qurilmalarning energiya manbai; qurilma qobig’i yoki karkas. O’zgartirgichlar va energetika elektronikasi qurilmalari amalda doimo axborot elektronikasi va kuch elektronikasi elementlari asosida yaratiladi. Maxsus analog, raqamli va aralash analog-raqamli mikrosxemalar kuch elektronikasi axborot qurilmalarining asosini tashkil etadi. Zamonaviy yarimo’tkazgichli o’zgartirgichlar, Maxsus mikrosxemalar, ayniqsa, mikroprosessorlar nisbatan ixcham va soda o’zgartirgich qurilmalarini yaratish imkonini beradi. Kelajakda ular yordamida universal to’g’rilagichlar, yangi o’zgartirgich qurilmalar yaratish mumkin.