VERTIKAL BURCHAKLAR

VERTIKAL BURCHAKLAR – birining tomonlari ikkinchisining tomonlari davomidan iborat bo’lgan burchaklar. Ikki tekislik kesishganda hosil bo’ladigan va yoqlari biri ikkinchisining davomi bo’lgan ikki burchaklar ham Vertikal burchaklar deyiladi. Vertikal burchaklar bir-biriga teng bo’ladi.