Vibratsiya texnikasi
Vibratsiya texnikasi – mexanik tebranishlar (titrashlar, vibratsiyalar)ni hosil qilish usullari va vositalari majmui; shuningdek titrashlarni boshqarish, ulchash, nazorat qilish va zararli titrashlar bilan kurashish usullari. Vibratsiya texnikasi vositalariga foydali ishlar (masalan, grunt, beton qorishmalarni zichlash, inshoot va apparatlarni sinash ishlari)ni bajarish uchun ataylab hosil qiladigan vibrasiya mashinasi, vibratsiya stendlari, asboblar, apparaturalar, qurilmalar; titrashlarni boshqaradigan va ularni o’lchaydigan apparatlar; titrashga qarshi texnika vositalari, ya’ni zararli titrashlarni so’ndirish, izolyatsiyalash qurilmalari kiradi. Vibratsiya texnikasi vositalarining ish organlari yuritmasini titratishning eng keng tarqalgan turi markazdan qochma usulda, porshen, krivoshin-shatun yordamida titratish hisoblanadi. Vibratsiya texnikasida vibratsiya parametrlari (siljishlar, tezliklar va tezlanishlar, chastota, faza, a plitudalar)ni o’lchash bilan vibrometriya shug’ullanadi. U idya vibrometr va akselerometr kabi asboblardan foydalaniladi. Vibratsiya texnikasining masalalaridan biri insonlar, asboblar, mashina va inshootlarni titrashning zararli ta’sirlaridan himoya qilish hisoblanadi. Buning uchun qo’shimcha energiya manbalarini talab qilmaydigan odatdagi passiv vibro-izolyatsiyadan tashqari statik va dinamik muvozanatlash usullari, inersiyali hamda elastik parametrlar va boshqalar qo’llaniladi.