Vinnipeg

Vinnipeg, Uinnipeg (indeyslarning kri qabilasi tilida — loyqa suv) — Kanadaning Janubdagi oqar ko’l. Dengiz sathidan 217 metr balandlikda joylashgan. Maydoni 24,3 ming km2. Chuqurligi 28 metrgacha. Uzunligi 442 kilometr, eni 100 kilometr. Sohillari past va botqoqlik. Vinnipegga Saskachevan, Red-River va boshqa bir necha daryolar quyiladi, undan Nelson daryosi oqib chiqadi. Noyabrdan aprelgacha muzlaydi. Vinnipeg qadimgi Agassis ko’lining qoldig’i. Ko’lda kema qatnaydi, baliq ovlanadi. Vinnipeg sohilida provintsial Uaytshell parki (ornitologik buyurtma qo’riqxonasi bilan) bor.