Vinnipeg

Vinnipeg — Kanadaning Janubdagi shahar. Manitoba provintsiyasining ma’muriy markazi. Assiniboyn daryosining Red-River daryosiga quyilish yerida joylashgan. Aholisi 617 ming kishi. Trans-Kanada temir yo’l va avtomobil yo’llarining muhim tuguni. Aeroport bor. Kanada dasht rayonlarining savdo-taqsimot markazi. Vinnipeg dunyo ahamiyatiga ega don bozori. Oziq-ovqat, tikuvchilik, mebel, poligrafiya, kimyo, Elektrotexnika sanoatlari, neftni qayta ishlash, metallsozlik va mashinasozlik, qurilish materiallari ishlab chiqarish kabi tarmoqdar mavjud. Universitet bor. Shaharga 1873 yilda asos solingan. 1873 yildan Vinnipeg deb atala boshlagan.