Vinogradov Ivan Matveyevich

Vinogradov Ivan Matveyevich (1891.2.9, Pskov viloyati -1983, Moskva) — rus matematigi, akademik (1929). Sobiq Ittifoq Fanlar Akademiyasi matematika instituti direktori (1932 yildan). Ilmiy ishlari turli arifmetik funktsiyalarning yig’indisini ifodalovchi taqribiy formulalarning aniqligini baholashga bag’ishlangan. Ko’p ishlari Varing muammosini hal etishga oid. Vinogradov har bir toq sonni uchta tub son yig’indisi shaklida ifodalashning asimptotik formulasini chiqardi (1937). Vinogradov o’zi yaratgan trigonometrik yig’indilar usulini yanada takomillashtirdi va turli-tuman boshqa masalalarga tatbiq qildi.