Vint sirt

Vint sirt — qo’zg’almas o’q atrofida o’zgarmas burchak tezlik bilan aylanuvchi va ayni vaqtda shu o’q bo’ylab o’zgarmas tezlik bilan ilgarilama harakatlanuvchi tekis chiziq hosil qiladigan sirt. Harakat qiluvchi tekis chiziq to’g’ri chiziq bo’lsa, u chizgan Vint sirt gelikoid deyiladi. Xususiy holda harakatlanuvchi to’g’ri chiziq o’qni to’g’ri burchak ostida kessa, to’g’ri gelikoid hosil bo’ladi.