Vintli g’ildirak
Vintli g’ildirak – qiyshiq tishli tsilindrik g’ildirak; vintsimon tishli uzatmada aylanma harakatni o’zaro ayqash vallar orasida uzatish uchun qo’llaniladi. Vintli g’ildirak ilashishga qarshiligi yuqrri bo’lgan materiallardan tayyorlanadi. Shuningdek, juft bo’lib ishlaydigan Vintli g’ildiraklar toblangan po’lat — toblangan po’lat, cho’yan — bronza, cho’yan — plastmassa, po’lat — bronza, po’lat — plastmassa singari materiallardan ham yasaladi.