Vintokril

Vintokril (nemischa Gewinde — rezba va ruscha Krilo — qanot), vint-qanotli uchish apparati — vertolyotga o’xshab tikka ko’tarila va qo’na oladigan, samolyotga o’xshab ucha oladigan uchish apparati. Unda ko’tarish kuchini bir yoki ikkita vint va qanotdan iborat ko’tarish tizimi vujudga keltiradi. Ko’tarilish va qo’nishda Vintokril xuddi vertolyot kabi, ilgariga uchishda esa samolyotga o’xshab boshqariladi. Vintokrilda turbovintli dvigatel ishlatiladi. Vintokrilning tezligi — 500-600 km/soat, 20 tonnagacha yuk ko’tara oladi. Vintokril harbiy maqsadlarda, xalq xo’jaligida (asosan, yuk tashishda) cheklangan ko’lamda qo’llaniladi.