Visbaden

Visbaden — Germaniyadagi shahar. Gessen yerining ma’muriy markazi. Aholisi 264 mingdan ziyod kishi (1990- yillar o’rtalari). Transport yo’llari tuguni. Reyn daryosi bo’yidagi port. Visbaden va shahar atrofida mashinasozlik (shu jumladan og’ir mashinasozlik, Elektrotexnika jihozlari, aniq mexanika va optika buyumlari), kimyo-farmasevtika, tsement, oziq-ovqat sanoati, jumladan shampan vinolari ishlab chiqarish korxonalari bor. Poligrafiya sanoati rivojlangan. Taunus tog’i etagida 117 metr balandlikda mashhur balneologik kurort joylashgan. Iqlimi yumshoq. Bemorlar issiq mineral buloqlar suvi va balchiq bilan davolanadi.