Vishakxapatnam

Vishakxapatnam — Hindistondagi shahar, Bengaliya qo’ltig’i sohilida, Andhra-Pradesh shtatida. Aholisi 750 mingdan ziyod kishi (1990- yillar o’rtalari). Mamlakatning muhim portlaridan biri (yuk tushirish va ortish yiliga 10 million tonna). Chetga neft mahsulotlari, temir va marganes rudalari chiqaradi; chetdan kimyo o’g’itlari uchun xom ashyo keltiriladi. Sudoverf, neftni qayta ishlash, stanoksozlik, fosfor o’g’itlari, qo’rg’oshin ishlab chiqarish korxonalari bor. Yirik metallurgiya kombinati qurilgan. Baliq ovlanadi.