Visseral
Visseral (lotincha viscera — ichki) — anatomiyaga oid termin. Odam yoki hayvonlarning ichki a’zolariga tegishli ekanligini bildiradi. Masalan, Visseral muskullar — ichki muskullar; Visseral skelet — umurtqali hayvonlar va odamlarda og’iz bo’shlig’i hamda ichakning oldingi qismida joylashgan skelet elementlar.