Vitse-prezident

Vitse-prezident – 1) ayrim davlatlarda (AQSh, Lotin Amerikasi mamlakatlari va boshqalar) davlat boshlig’ining o’rinbosari, qoida bo’yicha, prezident bilan bir vaqtda saylanadi. Vitse-prezident odatda maxsus vakolatga ega bo’lmaydi: u Prezidentning topshiriqlarini bajaradi, prezident lavozimdan chetlashtirilsa, vafot etsa, iste’foga chiqsa va hokazo hollarda prezidentning vakolatlari va vazifalari Vitse-prezidentga o’tadi; 2) turli milliy va xalqaro tashkilotlarda Prezident o’rinbosari; 3) ba’zi ilmiy muassasalar (akademiya, ilmiy jamiyat va hokazolar)da saylab qo’yiladigan lavozim (masalan, O’zbekistan Fanlar akademiyasining Vitse-prezidenti).