Vittig (Wittig) Georg

Vittig (Wittig) Georg (1897.16.6- 1987.26.8) — nemis organik kimyogari. Tadqiqotlari murakkab va tanqis organik birikmalar sinteziga bag’ishlangan. Fenillitiy ta’sirida oddiy efirlarning spirtlarga qayta guruhlanishini asoslagan (1942, Vittig qayta guruhlanishi). Pentafenilfosforni sintez qilgan (1952). Karbonil birikmalar va alkilidenfosforanlardan olefinlar olish reaktsiyasini kashf etgan. Tripientsenni sintez qilgan (1956). Yanr usuli bilan aromatik propellanning tuzilishini aniqlagan (1971). Nobel mukofoti laureati (1979, G. Ch. Braun bilan hamkorlikda).