Vivariy

Vivariy (lotincha vivus — jonli) — turli hayvonlar, aksariyat tajriba-eksperimental ishlarda foydalaniladigan hayvonlar asraladigan bino, hayvonxona. Vivariydan hayvonlarni ko’paytirish Pitomnigi tarzida foydalanish ham mumkin. Odatda, Vivariylarda it, mushuk, quyon, sichqon, dengiz cho’chqasi va boshqalar saqlanadi. Vivariy tarkibiga Akvarium, insektoriy, terrarium, qushlar uchun volerlar ham kirishi mumkin.