Vodorod bromid
Vodorod bromid, NVg – vodorod bilan brom birikmasi, rangsiz, havoda tutaydigan bo’g’uvchi gaz; qaynash temperaturasi — 66,7°, suyuqlanish temperaturasi — 86,9°; suvda yaxshi eriydi. Suvdagi eritmasi (bromid kislota) o’tkir hidli, rangsiz suyuqlik, juda kuchli anorganik kislotalardan biri. Havoda asta-sekin oksidlanadi. Kuchli qaytaruvchi. Vodorod bromid sanoatda yuqori temperatuada platina yoki aktivlangan ko’mir yordamida brom bug’i bilan vodorodni o’zaro ta’sir ettirib, laboratoriyada esa fosfor bromidni suv bilan gidrolizlab olinadi. Bromidlar olish uchun va ba’zi organik reaktsiyalarda katalizator sifatida ishlatiladi.