Vodorod ko’rsatkich
Vodorod ko’rsatkich, rn – eritmadagi vodorod ionlari kontsentra- tsiyasining o’nlik manfiy logarifmida olingan qiymati. Bu son Vodorod ko’rsatkich deb ataladi va rn bilan belgilanadi: rn=— lg[H+]. Toza suvda yoki neytral muhitdagi suvli eritmada 25° da vodorod ionlari [N+| va gidroksid ionlari [N~] ning kontsen- trasiyalari teng: [N+|=[on-]=110-7. Shu temperaturadagi N+ va on~ ionlari kontsentratsiyalarining ko’paytmasi: % KHjO=[H+][OH-]=10-710-7=10-14. Demak, ma’lum temperatuada N+ va on~ ionlari kontsentrasiyalari ko’paytmasi o’zgarmas son bo’lib, bu ionlar kontsentrasiyasini ulardan birining kontsentrasiyasi bilan ifodalasa bo’ladi; odatda buni [N+] bilan ifodalash qabul qilingan. Demak, neytral muhitda: pH=-Ig[H+]=-] gl0-7=7 bo’ladi. Agar rn<7 bo’lsa, muhit kislotali, rn>7 bo’lsa, muhit ishqoriy bo’ladi. rn qiymati 7 dan qanchalik kichik bo’lsa, eritmadagi N+ ionlarining kontsentrasiyasi shunchalik katta, muxit shunchalik kuchli kislotali bo’ladi va aksincha rn qiymati 7 dan qanchalik katta bo’lsa, eritmadagi on~ ionlarining kontsentrasiyalari shunchalik katta va muhit shunchalik kuchli ishqoriy bo’ladi. Tuproq muhitini aniqlashda, to’qimachilik, bo’yoqchilik, ko’nchilik, qog’oz, kimyo va oziq-ovqat sanoatida Vodorod ko’rsatkichning ahamiyati katta.