Vodorod sulfid

Vodorod sulfid, H2S – vodorod bilan oltingugurt birikmasi; rangsiz va zaharli gaz, palag’da tuxum hidi keladi; qaynash temperaturasi — 60,38°, suyuqpanish temperaturasi -8,29°, suvda erib, sulfide kislota (juda kuchsiz) hosil qiladi; bu kislotaning tuzlari sulfidlar deb ataladi. Tarkibida 2 valentli oltingugurt borligi uchun Vodorod sulfid juda kuchli qaytaruvchidir. Vodorod sulfid texnikada neft, tabiiy va sanoat gazlarini qayta ishlash yo’li bilan, laboratoriyada esa metall sulfidlarga suyultirilgan sulfat kislota ta’sir ettirib olinadi. Analitik kimyoda kationlarni aniqlashda ishlatiladi.