Vodorod yodid

Vodorod yodid, HJ – vodorod bilan yod birikmasi: rangsiz, havoda tinmay tutaydigan bo’g’uvchi gaz; qaynash temperaturasi -35,4°, suyuqlanish temperaturasi — 50,9°, zichligi 2,86 g/sm3, yuqori temperatuada parchalanib, vodorod bilan yodga ajraladi. Suvdagi eritmasi yodid kislota deyiladi. U juda kuchli kislota va qaytaruvchidir; havoda oson oksidlanib, yod ajratib chiqaradi. Sanoatda 500° da vodorodni katalizator (platina) ishtirokida yod bilan biriktirib, laboratoriyada esa fosfor yodidni gidrolizlab olinadi. Vodorod yodid yodidlar tayyorlashda, organik sintezda qaytaruvchi sifatida qo’llaniladi.